O’tkir paraproktit – to’g’ri ichak atrofidagi yog’ klechatkani yiringli yallig’lanishiga aytiladi.
O’tkir paraproktit sabablari
Paraproktit pararektal kletchatkaga infektsiya tushishi natijasida vujudga keladi. Pararektal kletchatkaga mikroblar anal kriptalarga ochiladigan anal bezlardan tushadi. Anal bezdagi yallig’lanish jarayoni natijasida uning yo’li bekiladi va sekret oqib chiqishi buziladi.
O’tkir paraproktit paydo bo’lishiga moyillik tug’diradigan sabablar orasida to’g’ri ichak distal bo’limi va anal kanal shilliq pardasidagi mayda shikastlar(anal yoriq) birinchi o’rinda turadi.
Paraproktit turlari
Klassifikatsiyasi bo’yicha quyidagilar farq qilinadi:
Etiologiyasi bo’yicha:
Yiringlikning joylashuvi bo’yicha:
- Shilliq parda ostidagi paraproktit.
- Shilliq ostidagi paraproktit.
- Teri ostidagi paraproktit.
- Ishiorektal (Quymich-To’g’ri ichak) paraproktit.
- Pelviorektal ( Chanoq- To’g’ri ichak) paraproktit.
- Retrorektal (To’gri ichak orqasidagi) paraproktit.
Kasallikning kechishi bo’yicha:
- O’tkir.
- Surunkali.
- Qaytalanadigan.
O’tkir paraproktit belgilari
O’tkir yiringli paraproktit og‘ir klinik manzara bilan kechadi. Bemor qattiq lo’qillab og‘rishni, defekatsion qiynalishni boshidan kechiradi. Kasallik yuqori harorat (39-40°C) et uvishishi bilan kechadi. Teri osti paraproktiti holatlarida orqa chiqaruv teshigi sohasida qizarish, shish va infiltrat paydo boiib, dumba, ko‘pincha chot sohasiga tarqaladi. To’qimalarning yiringli infiltratsiyasi tezda avj olib, chayqalish paydo bo`ladi. Agar jarayon quymich yaqinida kechayotgan boisa, mahalliy simptomlar kamroq ayon boiadi va kasallikning o‘zi intoksikatsiya bilan kechadi. Agar abssess to‘g‘ri ichak devoir yaqinida rivojlansa, rektal tekshirib ko‘rilganda shilimshiq moddalar shishini, infiltratsiyani, qattiq og‘riqni aniqlasa bo’ladi. Abssesslar o‘z-o‘zidan ichakka yoki sirtga teshib o‘tishi mumkin. Agar bu holat yuz bersa, operatsiyasiz bitmaydigan to‘g‘ri ichak oqmalari paydo bo’ladi. Bunday hollarda kasallik surunkali tus oladi.
O’tkir paraproktitni davolash
To‘g‘ri ichak atrofidagi yog‘ qavati flegmonasida yoki abssessida bo’shliqni jarrohlik yo‘li bilan ochish tavsiya etiladi. Odatda operatsiya vena ichi og‘riqsizlantirish yoki spinal og‘riqsizlantirish bilan amalga oshiriladi. Kesmalar to‘g‘ri ichakning tashqi sfmkteridan 1,5-2 sm uzoqlikda o‘tkaziladi (bunda o‘ta ehtiyotkorlik talab qilinadi). Kesmalar radial, yoysimon yoki burchak shaklida bo’lishi mumkin, ular pararektal bo‘shliqni drenaj qilishni ta ’minlashi lozim. Yiringli bo‘shliq bo‘shatilishidan tashqari, paraproktitning ichi (birlamchi), teshigi ham yo‘q qilinishi kasallikning surunkali dardga aylanishining oldini oladi.
Bizning klinikada eng so’nggi yuqori darajadagi texnikalar qo’llaniladi va sifatli xizmat ko’rsatiladi bemor uyga chiqarilgandan so’ng ham doim nazoratda bo’ladi .
Amerikaning butun dunyoga mashhur COVIDIEN kompaniyasining “ Ligasure “ degan texnikasi yordamida va lazer texnologiyasi bo’yicha mashhur Germaniyaning BIOLITEC kompanyasining lazer uskunasi , so`nggi 20 yilda ko’p qo’llangan biokoalgulyatorlar xohlasangiz 1920 yillar texnikasi oddiygina skalpel yordamida amaliyotni o’tqazamiz bu qanchalik zamonaviy bo’lsa shunchalik tiklanish tez bo’ladi, INSHA ALLOH.
Ushbu maqoladagi ma’lumotlar siz uchun foydali bo’ladi degan umiddamiz ammo maqoladagi ko’rsatmalar asosida mustaqil davolanishdan oldin, avvalo shifokor ko’rigidan o’tishni tavsiya qilamiz!