Oshqozon yarasini davolash

Oshqozon yarasi qanday paydo bo’ladi? Oshqozon shilliq qavatiga doimo ikki agressiv omil: xlorid kislota va fermentlar ta’sir qilib turadi. Bu moddalar oshqozonga tushgan ovqat mahsulotlarini hazm qilishda ishtirok etadi. Ushbu moddalar shilliq qavatni zararlamasligi uchun ximoya mexanizmi sifatida shilliq qavatda maxsus shilliq ajralib turadi, uning tarkibi bikarbonatlardan iborat.

oshqozon yarasini davolash - sabablari, belgilari,asoratlari, alomatlari

Agressiv faktorlarning ortiqcha ajralib chiqishi hamda himoya funksiyasining pasayishi shilliq qavatning zaralanishiga olib keladi. Avvaliga eroziya, so’ngra yara paydo bo’ladi. Oshqozondagi kislotali shira o’n ikki barmoq ichakka o’tadi va yallig’lanish jarayoni boshlanadi (duodenit), sekin asta eroziya hamda yara ham rivojlanadi. Kasallik kelib chiqishida eng kata rolni Helicobacter pylori egallaydi.

Yara kasalligining surunkali ko’rinishida kasallik belgilarining vaqti vaqti bilan huruj qilishi hamda remissiya davrlari farqlanadi. Huruj odatda jismoniy va ruhiy zo’riqishdan keyin, dieta buzilganda hamda zararli odatlar ta’siri natijasida yuzaga chiqadi. Kasallik ko’pincha erkaklarda uchraydi. Bundan tashqari yara kasalligi o’rta yoshli odamlarda uchrashi, kasallikning ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarishini alohida ta’kidlab o’tish zarur.

Oshqozon yarasi kasalligi sabablari

Kasallikni keltirib chiqarishda quyidagi omillar muhim rol o’ynaydi:

helicobacter plyori bakteriyasi oshqozon yarashi
  • H. pylori bakteriyasi ta’siri;
  • oshqozonda mahalliy immunitetning pasayishi;
  • irsiy moyillik;
  • oshqozon sekretsiyasidagi disbalans – ya’ni kislotali fermentlar ko’p ajralishi va ximoya mexanizmlarining pasayishi;

Ayrim dori preparatlarini uzoq muddat qabul qilish. Ayniqsa nosteroid yallig’lanishga qarshi vositalarni qabul qilish shilliq qavat devorini zararlanishiga olib keladi.
Yuqoridagi sabablardan tashqari kasallikning rivojlanishida stress, jismoniy zo’riqish, spirtli ichimliklari ichish, tamaki mahsulotlarini chekish, ovqatlanish ratsionida doimiy achchiq, o’tkir, qovurilgan, dudlangan mahsulotlarning bo’lishi hamda ovqatlanish ratsionining buzilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Oshqozon yarasi kasalligida kuzatiladigan belgilar

Kasallikning klinik belgilari odatda tipik ko’rinishda paydo bo’ladi va kasallikni tashxislashda qiyinchilik tug’dirmaydi. Asosiy klinik belgilardan biri bu – og’riq hisoblanadi. Yara kasalliklarida og’riq odatda qorin och bo’lganda paydo bo’ladi yoki ovqatlangandan 2-3 soat o’tib seziladi.

Oshqozoning kardial qismida yara paydo bo’lsa og’riq quyosh tutamiga yaqin sohada, ovqatlangandan 20 daqiqa o’tib namoyon bo’ladi. Og’riq yuqoriga ya’ni ko’krak qafasiga ham tarqalishi mumkin. Bu esa ko’pincha oshqozon yara kasalligi va yurak hurujlarida paydo bo’luvchi og’riqlar bilan diagnostika qilishda qiyinchilik tug’diradi. Yaraning kardial qismida joyashuvida og’riq jismoniy zo’riqishdan keyin paydo bo’lmaydi.

Pilorik qismda paydo bo’lgan yara belgisi uzoq muddat davom etuvchi og’riqdir. Ba’zida og’riq davomiyligi 40 daqiqadan 1 soatgacha cho’zilishi mumkin. Og’riq asosan ovqatlanganda so’ng 40-60 daqiqa o’tib boshlanadi. Odatda tunda namoyon bo’ladi. Bundan tashqari bemorlarda dispeptik sindromlar – ko’ngil aynishi, qayt qilish, holsizlik, qorin dam bo’lishi ham kuzatilishi mumkin. Ushbu sohada paydo bo’lgan yara 5-10 % holatlarda salbiy asoratlarga olib keladi (penentratsiya, qon ketishi, teshilish, stenoz).

10-15 % holatlarda yara oshqozonning antral qismida uchraydi. Kuchli og’riq odatda tunda, chap qovurg’a osti sohasida namoyon bo’ladi. Og’riq oshqozon bo’shlig’idagi ovqat massasi hazm bo’lib parchalangunga qadar davomiy bo’ladi. Yara oshqozoning katta egirligida rivojlansa jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin, bunday holat ko’pincha qari yoshdagi insonlarda uchraydi va bunday yaralarni tashhislash ancha qiyinchilik tug’diradi.

O’n ikki barmoq ichak yarasi odatda 40 yoshgacha bo’lgan insonlarda uchraydi. Kasallik kelib chqishida irsiy moyillikning o’rni katta. Kasallikda og’riq sindromi ovqatlangandan so’ng 1,5-2 soat o’tgach namoyon bo’ladi, dispeptik belgilar kam kuzatilsada, bemorlar ich qotishiga shikoyat qiladilar.

Oshqozon yara kasalligining boshqa belgilari

Ko’ngil aynishi va qayt qilish – yara ta’sirida oshqozon motorikasining buzilishi sababli kuzatiladi.

Jig’ildon qaynashi – oshqozon shirasining qizilo’ngachga o’tishi natijasida bemorlarda to’sh sohasida achishish va “kuyish” hissi namoyon bo’ladi.

Qorinda og’irlik hissi – iste’mol qilingan ovqatning miqdoridan qat’iy nazar oshqozonda og’irlik hissi paydo bo’lishi.

Ishtahaning pasayishi – yara kasalligida yuzaga chiqadigan yuqoridagi “yoqimsiz” hislar paydo bo’lmasligi uchun bemor ruhiyatida ovqatlanishga bo’lgan ishtiyoqning psayishi bilan namoyon bo’ladi.

Qorin dam bo’lishi – yara sababli ichaklarda ham disfunksiya holati kelib chiqishi mumkin. Bunda bemorlarda qorin dam bo’lishi, ich qotishi kuzatiladi. Bundan tashqari bemorda tilning oq karash bilan qoplanishi, kaftlarning terlashi, qorin sohasi palpatsiyasida og’riq hissi bo’lishi ham yara kasalligi belgilaridan hisoblanadi.

Kasalligning asoratlari

Yara kasalligi o’z vaqtida davolanmasa jiddiy asoratlarga olib keladi. Ular 5 ta:

  • Yara perforatsiyasi – oshqozon devorining barcha qavatidan teshilishi;
  • Qon ketishi;
  • Pilorik qism stenozi ya’ni torayishi va shu sohada ovqat massasining tiqilishi;
  • Penentratsiya – yaraning qo’shni a’zo bilan qo’shilib ketishi;
  • Maliginizatsiya – yomon sifatli o’smaning paydo bo’lishi.
Yara kasalligining asoratlari

Oshqozon yara kasalligi diagnostikasi

Kasallikka aniq va yakuniy tashhis qo’yish uchun ezofagogastroduodenoskopiya (FGDS) – xalq tilida gastroskopiya, zond “yutish” tekshiruvidan o’tish kerak bo’ladi.

Tekshiruv ingichka trubka yordamida og’izdan kirilib oshqozon va o’n ikki barmoq ichak bo’shlig’iga tushiladi. Trubkaning uchida maxsus kamera joylashgan bo’lib, u yordamida shilliq qavatlar holati, yaraning o’lchami, uning asoratlangan yoki asoratlanmaganligi, zaruriy holatlarda yaradan biopsiya olinishi, H. pylori ni aniqlash uchun material olish ham mumkin. Agar bemor tekshiruv vaqtida kuchli diskomort sezsa medikomentoz uyqu yordamida ham endoskopiya amaliyotini olib borish mumkin.

Oshqozon yara kasalligi diagnostikasi.
Oshqozon ichak motorikasini aniqlash uchun, pilorik qism stenozini ko’rish uchun maxus contrast modda yordamida rentgenoskopiya yoki rentgenografiya tekshiruvi ham o’tkazilishi mumkin. Kasallikni tashxislashda UZI tekshiruvining ahamiyati deyarli yo’q.

Oshqozon yarasi kasalligini davolash

Bemorlarga dieta qilish, zararli odatlardan vos kechish, stress holatlariga tushmaslik va qat’iy kun tartibiga rioya etish tavsiya qilinadi. Davo muolajalari odatda 14 kun davomida olib boriladi. Har bir bemor uchun alohida davo buyuriladi, bunda bemorning holati, yoshi, kasbi va yondosh kasalliklari inobatga olinadi. Yara kasalligi jiddiy kasallik bo’lib, o’z vaqtida davolanmaslik kasallikning aosratlanishiga bu esa hatto o’lim holati qayd etilishigacha olib borishi mumkin.

Medikomentoz davo quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Antibacterial preparatlar – organizmdagi H. pylori ni yo’qotish uchun;
  • Antiasid preparatlar – oshoqozon shirasi sekretsiyasini kamaytirish maqsadida;
  • Proton pompa ingibitorlari – xlorid kislotaning sekretsiysiga ta’sir qiladi va uning “agressivlik” xususiyatini pasaytiradi;
  • H2-gistaminblokatorlari – oshqozon shirasi “agressivligi”ni pasaytiradi;
  • Spazmolitiklar – og’riq vaqtida simptomatik davo sifatida buyuriladi.
  • Buyurilgan dori preparatlarini o’z vaqtida va buyurilgan muddat davomida qabul qilish zarur. Kasallik belgilarining kamayishi preparatlarni qabul qilishni to’xtatish kerakligini bildirmaydi.

Yara kasalligining jarrohlik usuli bilan davolash (yarani olib tashlash)

Jarrohlik amaliyoti uzoq muddat davomida olib borilgan konservativ davoning foydasizligi hamda yaraning bitmaslik holatida rejali yoki shoshilinch ravishda o’tkazilishi mumkin. Shoshilinch operativ muolaja yaraning asoratlangan ko’rinishida o’tkaziladi. Umuman olganda jarrohlik yo’li bilan oshqozon yara kasalligi hozirgi kunda juda kam holatlarda qo’llaniladi. Chunki zamonaviy tibbiyot kasallikni davolashda konservativ yo’l bilan kutilgan natijaga erishish mumkinligini isbotladi. Uzoq yillik tajribaga ega bo’lgan RUSTAMOV’S klinikasida faoliyat olib boruvchi shifokorlar aynan yara kasalligidan aziyat chekuvchi bemorlani davolash va ularning hayot sifatini oshirishda katta hissa qo’shib kelmoqdalar.

Yaraning maliginizatsiyasida – ya’ni yomon sifatli o’smaga aylanishida operativ jarrohlik yo’li bilan davolash birinchi o’ringa chiqadi. Operatsiya taktiksi hosil bo’lgan o’smaning hajmi, qo’shni a’zolarga o’tganligi, metastaz bergan yoki bermaganligiga qarab tanlanadi. RUSTAMOV’S klinikasida ushbu operativ jarrohlik amaliyoti tajribali jarrohlar tomonidan o’tkazib kelinmoqda.

Kasallikni oldini olish va oshqozon yarasi profilaktikasi

Oshoqozon yara kasalligi profilaktik chora tadbirlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Sutka davomida normal uyqu vaqti – kamida 6-8 soat bo’lishi;
  • Oshqozon shilliq qavatini ta’sirlovchi qovurilgan, yog’li va o’tkir mahsulotlar iste’molini me’yorda bo’lishi;
  • Ovqat massasini yahshi parchalash uchun doimo tishlar sog’lomligiga e’tibor berish;
  • Stress holtlariga tushmaslikka harakat qilish;
  • Tamaki va spirtli mahsulotlar iste’mol qilmaslik;
  • Hazm qilish jarayonida noqulaylik sezilsa kechiktirmay shifokorga murojaat qilish.

RUSTAMOV’S klinikasi 24/7 tartibida, dam olish kunlarisiz faoliyat olib boradi.

ShIFOKOR KO'RIGIGA YOZILISH




    1 thought on “Oshqozon yarasini davolash”

    1. 12barmoqli ichagimda yara bor doctor apiratsa yoli bilan davolashni tavsiya qildi.Buni boshqa yoli bormi

    Comments are closed.

    Call Now Button