Xolesistit kasalligi – sabablari, belgilari va davolash

Xolesistit nima

Hozirgi zamonda insonlarning turmush tarzi kam harakatlilik hamda to’g’ri ratsional ovqatlanmaslik natijasida ko’plab kasalliklar kelib chiqishi kuzatilmoqda. Aynan shunday kasalliklardan biri – xolesistit ya’ni o’t qopining yallig’lanishidir. Xolesistit kasalligiga ko’pincha ayollarda uchraydi. Shuningdek, moddalar almashinuvi buzilgan hamda semizlikdan aziyat chekuvchilar, endokrin tizimidagi muammolari bo’lgan insonlar moyil bo’ladi. Bundan tashqari xolesistit kelib chiqishida jigar kasalliklari, hazm qilish a’zolaridagi turli xil patologiyalar, ayrim holatlarda esa qorin bo’shlig’I a’zolari jarohatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalkulyoz xolesistit kasalligida o’t qopida turli xil sabablar natijasida tosh hosil bo’ladi. Bu esa o’t qopida o’t suyuqligi oqimini buzadi va o’t suyuqligi dimlanishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda o’t qopi yallig’lanadi. Yallig’lanish oqibatida o’t qopida qon aylanishi ham izdan chiqadi. Va a’zo kattalashishi, devorlari qalinlashuviga sabab bo’ladi. Toshli xolesistit kasalligi o’z vaqtida aniqlanmasa va davolanmasa jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Kasallikning davosi uning turli xil ko’rinishlarida, kasallikning kechishiga qarab olib boriladi. Undan oldin esa kasallikning kelib chiqish sabablarini ko’rib chiqaylik.

Kalkulyoz xolesistit

Kasallik kelib chiqish sabablari

Toshli xolesistit kasalligi kelib chiqishida alohida hamda bir necha omillar muhim rol o’ynaydi. Quyida kasallik kelib chiqish sabablari haqida to’xtalamiz:

o'tkir xolesistitni davolash

Xolesistitning belgilari va asoratlari

Og’riq sindromining paydo bo’lishi. Kalkulyoz xolesistit qorin sohasidagi asosan o’ng qovurg’a osti sohasidagi og’riqlar bilan namoyon bo’ladi. Odatda bemorlar to’mtoq, simillovchi va uzoq davom etuvchi, vaqti vaqti bilan namoyon bo’luvchi og’riqlarga shikoyat qiladilar. Og’riq odatda o’ng tomonda boshlansada, ayrim holatlarda bemorlar epigastra ya’ni oshqozon joylashgan sohani ko’rsatadilar. Og’riq bel sohasiga, kuraklar ostiga, yelkaga hatto bo’yin sohasiga ko’chishi ham mumkin. Kam holatlarda toshli xolesistida og’riq sindromi umuman kuzatilmaydi.

xolesistit kasalligini belgilari

Jigar huruji (pechenochnaya kolika)

Toshli xolesistit kasalligiga xos bo’lgan yana bir belgi. Bunda bemorda ovqatlangandan so’ng og’irlik hissi, ko’ngil aynishi, og’iz bo’shlig’i da achchiq maza hamda og’riqning to’satdan paydo bo’lishi kuzatiladi. Kasallikning o’tkir hurujida og’riq sindromi og’riq qoldiruvchi preparatlar qabul qilgandan keyin ham qolmaydi, ko’z sklerasi va terida sarg’ayish kuzatilishi mumkin.

Sariqlik yoki o’t suyuqligi intoksikatsiyasi

O’t suyuqligi intoksikatsiyasida bemorning terisi, ko’z sklerasi hamda shilliq qavatlari sarg’ayadi. Terida qichishishlar paydo bo’ladi. O’t suyuqligi oqimi buzilganligi sababli peshob rangi to’qlashadi, najas rangi esa oqaradi. O’t suyuqligi intoksikatsiyasida aterial qon bosimining pasayishi, qo’zg’aluvchanlik ortishi, puls kamayishi, bosh og’iqlari va uyqusizlik ham kuzatilishi mumkin.

Dispeptik simptomlar

O’t qopi ish faoliyati buzilganligining ilk belgilaridan biri – ko’ngil aynish hissi, ayrim holatlarda ich ketishi, og’izda achchiq maza, og’iz qurishidir. O’t suyuqligi oqimining buzilishi natijasida jig’ildon qaynashi, qayt qilganda qusuq massasida ko’p miqdorda o’t suyquligi ajralib chiqishi kuzatiladi.

Kalkulyoz xolesistit kasalligining jiddiy asoratlari quyidagilar:

  • O’t yo’llarining berkilib qolishi;
  • Fater so’rg’ichining torayishi;
  • O’tkir, surunkali pankreatit rivojlanishi;
  • Gepatit, o’t yo’llari yallig’lanishi kelib chiqishi;
  • Diafragma ostida yiring to’planishi;
  • O’t qopi ichida yiring to’planishi;
  • Qorin bo’shlig’ida yallig’lanish kelib chiqishi.

Xolesistit diagnostikasi, davosi va profilaktikasi.

Diagnostika. Kasallikni aniqlash uchun klinik simptomlar, o’t qopi va yo’llari, jigar hamda oshqozon osti bezi UTT (UZI) tekshiruvining o’zi kifoya. UTT (UZI) yordamida hosil bo’lgan toshning o’t yo’llarida yoki o’t qopining o’zida joylashganligi, uning o’lchami haqida ma’lumot olish mumkin. Bundan tashqari oshqozon, o’n ikki barmoq ichak va qizilo’ngach shilliq qavatining holatini bilish uchun EFGDS (zond yordamida tekshirish) ham o’tkaziladi.
Davosi. Toshli xolesistit kasalligi davosi kasallikning kechishiga qarab operativ jarrohlik yo’li bilan yoki konservativ olib borilishi mumkin.
Konservativ davo. O’t qopidagi toshlarning o’lchami 13-15 mm dan oshmagan holatda, bundan tashqari o’t qopi motorikasi buzilmagan bo’lsa konservativ yo’l bilan kasallikni davolah mumkin. Bemorlarga dieta qilish, achchiq, o’tkir, yog’li, qovurilgan, dudlangan hamda spirtli ichimliklar ichmaslik tavsiya qilinadi.

RUSTAMOV’S klinikasida faoliyat yurituvchi malakali shifokorlar bunday vaziyatda gepatoprotektorlar, hazm jarayonini rag’batlovchi fermentlar, spazmolitik va antibiotik preparatlar buyurishi mumkin.

Operativ-jarrohlik usuli bilan davolash – Bunga ko’rsatma toshlarning miqdori ko’pligi hamda hajmining kattaligi, ularning o’t oqimining buzilishi, dimlanishiga sabab bo’lishi va o’t qopida yiring to’planishidir. Operativ davoda o’t qopining toshlari bilan birgalikda butunlay olib tashlanadi.

RUSTAMOV’S klinikasi ushbu kasallikning operativ davosi bilan bir necha yillardan beri shug’ullanib keladi. Operatisa jarayoni zamonaviy usullarda olib boriladi va keyinchalik bemor hayot sifatiga ta’sir ko’rsatmaydi.

Kasallik profilaktikasi. O’t qopida tosh hosil bo’lish ehtimolini kamaytirish uchun avvalo sog’lom hayot tarziga rioya etish kerak. Ya’ni yog’li, o’tkir, achchiq mahsulotlar iste’molini me’yorida bo’lishi, spirtli ichimliklar ichmaslik, sport bilan shug’ullanish zarur. Shuningdek, moddalar almashinuvi buzilishi bilan kechuvchi endokrin kasalliklarini o’z vaqtida aniqlash kerak. Va davolash kabi chora tadbirlarni amalga oshirish zarur.

ShIFOKOR KO'RIGIGA YOZILISH




    Call Now Button