Gemorroy nima va u qanday kasallik?
Gemorroy shishgan, kengaygan tomirlar bo’lib, ular anus va to’g’ri ichakning ichida (ichki gemorroy) va tashqarisida (tashqi gemorroy) hosil bo’ladi. Har bir yangi tug’ilgan chaqaloqlar gemorroy bilan tug’ilishadi, ammo ushbu kasallik u vaqtda bezovta qilmaydi. Vaqt o’tishi bilan ular shishib, kattalashganda bezovta qiluvchi alomatlar paydo bo’ladi. Gemorroy kattalar orasida keng tarqalgan kasallik bo’lib, o’z vaqtida davolanmasa, katta og’riq va noqulaylik tug’diradi.
Gemorroy kabi nozik kasallikka duch kelgan ko’p odamlar uyat va qo’rquv hissini boshdan kechirishadi. Ular proktologga borishdan qo’rqishadi. Shuningdek, ular do’stlari, dorixonadagi farmatsevtlar yoki ommaviy axborot vositalarida reklama qiluvchilar tomonidan tavsiya etilgan malhamlar, kremlar, shamlar, gellar va boshqa dori-darmonlarni qo’llashni afzal ko’rishadi.
Agar sizda gemorroy paydo bo’lganini bilsangiz, ehtimol sizda savollar paydo bo’ladi: gemorroyni qanday davolash mumkin?
Qaysi biri samaraliroq – an’anaviy usullar yoki zamonaviy tibbiyot?
Gemorroyni davolashda xalqona usullar
Sayyoradagi erkaklar va ayollarning 80% ga yaqini hayotlari davomida proktologik kasalliklarning u yoki bu ko’rinishiga duch kelishadi. Ulardan eng mashxurlari gemorroy va anal yoriqlardir. Albatta, bugungi kunda tibbiyot, ushbu kasalliklarni davolashning eng zamonaviy, samarali va kamroq shikastli usullarini taklif etadi.
Va yaqin o’tmishda va qadim zamonlarda odamlar bu kasalliklardan qanday qutulishgan? An’anaviy tibbiyot o’z usullariga ega bo’lib, bugungi kunga qadar ko’pchilikda ishonch uyg’otadi.
Ilgari davrdagi tabiblar gemorroyni davolashning turli usullarini taklif qilishdi: tuya tikanidan vanna, chereda sharbati bilan davolash. Keyinchalik, romashka qaynamasidan muzli shamlar, piyoz qobig’i qaynatmasidan vannalar, sariyog’dan va maydalangan sarimsoqdan rektal shamlar ixtiro qilindi. Gemorroy uchun taniqli vosita har doim xom kartoshka, qizil lavlagi sharbati va bodring bo’lgan.
Zamonaviy odam o’zida kasallikni aniqlagandan so’ng, o’ziga tez-tez savol beradi: an’anaviy tibbiyot bu haqida nima deydi, bizning bobolarimiz va buvilarimiz qanday xalq retseptlariga ega? Ko’p asrlik davolash usullariga ishonishimiz kerakmi yoki zamonaviy tibbiyotga murojaat qilishimiz kerakmi?
Keling, buni aniqlaylik.
Gemorroyni uy sharoitda mustaqil davolash
Gemorroyning belgilari anusdagi noqulaylik, og’riq, qichishish, achishish, anusdagi tugunlar bo`lishi, qonash. Bu alomatlar nafaqat gemorroy uchun xarakterli, balki boshqa kasallarda, xususan anal yoriqlari, pararektal oqmalar, anal poliplar, kondilomalar va hatto saraton kabi kasalliklarning xabarchisi bo’lishi mumkin.
Dorixonada mustaqil ravishda sotib olingan gemorroy uchun sham va malhamlardan foydalanish ham xavfli bo’lishi mumkin. Har qanday dori-darmonlarni qo’llash faqat tashxis qo’yish va kasallikning tabiatini aniqlashdan keyin shifokor tomonidan ko’rsatilishi mumkin. Faqat bu holatda, dorilar yordam berishi mumkin. Aks holda, dorilar zarar yetkazishi mumkin.
Keling, bir misol keltiraylik: Ko’pincha klinikamiz proktolog shifokorlari quyidagi vaziyatga duch kelishadi: ko’p yillar davomida bemor o’zini davolaydi, o’z-o’zini davolash natijasi bo`lmagandan keyin shifokorga boradi. Proktolog bilan uchrashganda, unda gemorroy yo’qligi, balki anal yorig’i borligi hamda faqat operatsiya yordamida davolanadigan holatga kelib qolganligi aniqlanadi. Va agar siz kasallikning dastlabki bosqichida mutaxassisga o’z vaqtida murojaat qilgan bo’lsangiz, bu vaziyatdan qochishingiz mumkin edi.
Yana bir misol: Ko’pincha bemorning proktologik tekshiruvi to’g’ri ichakda saratonga aylangan poliplar yoki boshqa o’smalar mavjudligini aniqlaydi. Dastlabki bosqichlarda poliplar va boshqa tugunli hosilalar og’riqsiz olib tashlanishi mumkin. Agar bu bajarilmasa, poliplar onkologiyaga aylanishi mumkin va shifokorlar 3-4 bosqichli saraton kasalligini tashxislaydi, natija esa ayanchli bolishi mumkin.
Gemorroydan operatsiya yo’li orqali qutilish
Haqiqat shundaki, siz hech qachon uy sharoitida mustaqil gemorroyni davolay olmaysiz, bu orqali faqatgina uning belgilarini yengillashtirishingiz mumkin bo’ladi. Shuningdek, to’g’ri ichak va anusning ko’plab kasalliklari mavjud va ularning belgilari juda o’xshash. Shuning uchun bu holatda o’z-o’zini davolash nafaqat samarasiz, balki xavfli hamdir.
To’g’ri davolanishni uchun yuqori sifatli diagnostika va to’g’ri tashxis qo’yish kerak. Shuning uchun kasallikning birinchi belgilarida darhol klinikamiz proktologlariga murojaat qiling.
Proktologik muammolar yuzaga kelganda qo’rquv va uyat noo’rin va xavflidir! Bemor mutaxassisga qanchalik tez murojaat qilsa, davolanish shunchalik oson, samarali va arzonroq bo’ladi!
Bizning Toshkent shahrida joylashgan «Rustamov’s» klinikamizda yuqori malakali shifokorlar faoliyat yuritishadi. Va ular tomonidan yiliga 1500 dan ortiq operatsiyalarni amalga oshirib kelinmoqda. Bundan tashqari klinikamizda, ayollardagi kasalliklarni ayol shifokorlar davolashadi. Ular gemorroy kasalligi bilan og’rigan insonlarni LAZER aparati, LONGO, LIGASURE, texnikasi orqali muvaffaqiyatli davolab kelishmoqda.
Faqat bizning zamonaviy tibbiyot klinikamizda gemorroyni deyarli og’riqsiz tashxislash va davolash uchun barcha imkoniyatlar mavjud!
Bundan tashqari klinikamizda quyidagi kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni ham davolashadi:
- Ayollardagi proktologik va xirurgik kasalliklar;
- Anal sohasida yoriq va yirtilishlar;
- Varikosel;
- Kandilomalar;
- Paraproktit kasalligi;
- To’g’ri ichak poliplari;
- To’gri ichak va bachadon tushishi;
- Yo’g’on ichak kasalliklari (kron, nyak);
- Appenditsit(ko’richak);
- Churralar(kindik, zob);
- O’t qop kasalliklari;
- O’tkir va surunkali xolesistit;
- Oshqozon kasalliklari(oshqozon yarasi, gastrit, yarali kolit);
- Onkologik kasalliklar;
- Semizlik xirurgiyasi;