1. Home
  2. /
  3. To’g’ri ichak oqmalari

To'g'ri ichak oqmalari - surunkali paraproktit

To’g’ri ichak oqmalari, asosan o’tkir paraproktit kasaligidan so’ng kuzatiladi yani ushbu kasallik davrida har xil usulda yig’ilgan yiring tashqi muhitga chiqarilib ammo o’tkir paraproktit keltirib chiqargan to’g’ri ichakdagi defekt yoki omil bartaraf etilmagan bo’lsa kuzatiladi.
to'g'ri ichak oqmasini davolash

Kasallikning kuzatilishi

Kasallik endi tug’ilgan chaqaloqlardan tortib ,  yoshi ulug’ insonlarimizda ham uchraydi. Albatta ayollarga nisbatan erkakalarda ko’proq uchraydi.

Shakillanishiga qarab ularning turlari:

rektal oqma kasalligini davolash

  • to’liq
  • notio’liq

To’liq oqma : ikki va undan ortiq teshiklari ( ichki-to’g’ri ichak devorida va tashqi anal teshigi atrofi terisida bo’ladi)

Noto’liq oqma : 1 ta teshik bo’ladi va u ichki va tashqi bo’ladi.

Sfinkterga nisbatan joylashishiga qarab:

  • intersfinkter oqma.
  • transsfinkter oqma.
  • Ekstrasfinkter oqma.

Diagnostika. Birinch navbatda anamnez bemor bilan suhbat. So’ng orqa anal teshigini sinchkovlik bilan kuzatish. Barmoq bilan tekshirish, puguvchitiy zond yordamida, rektoromanoskop, kolonoskop, rentgen kontrast yuborish usullari bilan aniqlash mumkin.

Klinik kechishi

To’liq bo’lsa sfinkter atrofida albatta oqmaning tashqi teshigi bo’ladi va u teshikdan suyuqlik kelib turadi. Odatda yiring, ayrim paytlar axlat suvi va qon ham tashqi teshikdan kelishi mumkin. Ko’p kuzatilaydigan hollatlardan biri bu tashqi teshik  berkilib qolishi hisoblanadi.

Berkilib qolsa nima bo’ladi?

Javob: Qayta yiring yig’iladi , dumba sohasida kuchli og’riq , tana harorati oshishi , o’tirib o’rnidan turganda yiring yigilgan joyga pichoq yoki nina suqilganga o’xshab og’riq kuzatiladi. Bemor bemalol o’tira olmaydi va yurolmaydi ya`ni majburiy holat qabul qiladi. Agarda to’plangan yiring tashqi muhitga chiqib ketmasa unda bemorda og’ir oqibatlatga olib kelishi mumkin yani , peritonit , sepsis va og’ir holatlar kuzatilishi mumkin.

Agarda bemorda to`plangan yiring tashqi muhitga chiqib ketsa ham unda oqma yolini murakkablashishiga va qo`shimcha oqma yo’llari hosil bo’lishiga, oddiydan murakkabga aylanishiga va davolash jaroyonini qiyinlashishga olib keladi .

To’g’ri ichak oqmalarini davolash

Afsuski, hozirgi paytgacha oqma yaralar konservativ usulda tuzalib ketmagan. Aytmoqchimanki, faqatgina xirurgik usulda davolangan va shifo topgan.

oqmalarning kuzatilishi va oqmalarni davolash

Xirurgik usullar ham oddiydan zamonaviy usullarga bo’linadi.

Oddiy traditsion usulda oqma yo’lini, ichki va tashqi teshigini olib tashlash hisoblanadi.

Zamonaviy usuli, bu oqma yo’lini zamonaviy texnikalar yordamida bartaraf etish kiradi . Bularga lazer uskunasi yoki Covidien LS10 texnikalari yordamida bartaraf etish kiradi . Qaysi usulni tanlash o`zigizga bog’liq albatta .

Barcha usularning yakunida siz albatta davo topasiz, INSHAALLOH, faqatgina traditsion usul bilan zamonaviy usullarning farqi amaliyotdan keyin og’riqni kam bo’lishi va tez sog’ayib ketish hisoblanadi.

Bizning «Rustamov’s» klinikamizda so`nggi texnologiyalar yordamida yuqori malakali shifokorlardan, zamonaviy usullar yordamida shifo topasangiz bo’ladi, INSHAALLOH.

Bepul konsultatsiya oling!




    Call Now Button